Xitoy va Fransiya harbiy hamkorlikning yangi mexanizmini yaratdi

Xitoy va Fransiya harbiy hamkorlikning yangi mexanizmini yaratdi

Fransiya qurolli kuchlari va Xitoy xalq ozodlik armiyasi harbiy hamkorlikning yangi mexanizmini yaratdi. Bu haqda «South China Morning Post» nashri xabar berdi.

«Ikki davlat harbiy-dengiz kuchlari oʻrtasidagi hamkorlik oʻzaro ishonch va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni birgalikda himoya qilishga xizmat qiladi», — deb yozadi nashr Xitoy mudofaa vazirligiga tayanib.

Shartnomani 25-aprel kuni Xitoy xalq ozodlik armiyasi Janubiy teatri qoʻmondoni general Van Syubin hamda Tinch okeani va Fransiya Polineziyasi dengiz zonalari qoʻmondoni kontr-admiral Joffrua dʻ Andin imzoladi.

Taʼkidlanishicha, bunday mexanizm yaratilishi Janubiy Xitoy dengizidagi keskinlik kuchayib borayotgani sababli amalga oshirilmoqda.