Turkiyaning eng sevimli ichimligi bo’lgan choy yig’im-terimining unutilmas tajribasi

Turkiyaning eng sevimli ichimligi bo’lgan choy yig’im-terimining unutilmas tajribasi

Turkiyaning qayerida bo’lishingizdan qat’iy nazar bir piyola turk choyiga duch kelishingiz muqarrar. Turk madaniyatida choyning o‘rni shu qadar ahamiyatliki, choysiz bir kunni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Nonushtadan kechki ovqatgacha choy turk hayotining ajralmas elementidir. Lekin Turkiya shunchaki choy iste’molchisi emas, shuningdek, mamlakat har yili 1,5 million tonna ishlab chiqaradigan global choy quvvati hisoblanadi. Choy shu qadar muhim va chuqur ildiz otgan madaniy komponent bo‘lib, Turkiya va Ozarbayjonning qo‘shma arizasi bilan turk choyi 2022-yilda YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

Turkiyada choy yiliga uch marta yig’iladi: maydan iyungacha, iyuldan avgustgacha va sentyabrdan oktyabrgacha. Bu Turkiyaning Sharqiy Qora dengiz viloyatlari madaniyatining muhim qismidir. Bugungi kunda Turkiya choyining 70% Rize viloyatida ishlab chiqariladi, undan keyin Sharqiy Qora dengizdagi Artvin, Trabzon va Ordu viloyatlari hamda Giresunning muayyan hududlarida ishlab chiqariladi. Mintaqada ba’zan “yashil oltin” deb ataladigan Rize choyi dunyodagi “eng tabiiy choy” sifatida ham tanilgan, bu o’sayotgan barglarga qor tushadigan yagona maydon. Choy Turkiyaning geografik belgilaridan biri bo’lib, u yorqin qizil rangli, ajoyib hid va ta’mga ega.

Sharqiy Qora dengiznıng Pokut, Ayder va Anzer kabi yangi zumrad-yashil platolarida tabiat qo‘ynida sayr qilish uchun Rizega tashrif buyurgan mehmonlar viloyat plantatsiyalarida choy yig’im-terimlarini kuzatishlari yoki ularga qo’shilishlari mumkin. Mahshur an’analardan biri bu – choy qaychidan foydalanib yig’im-terimda qatnashish, so’ngra an’anaviy kiyim kiygan holda suratga tushish. Rizega ketayotib, Rize uslubidagi boshqa bir geografik belgili Rize simiti bilan bir piyola Rize choyini ichish o‘zgacha kayfiyat ulashadi. Hududni tark etishdan oldin hadya tariqasida oila a’zolar va yaqinlarga choy sotib olish mumkin.

Turkiya choyga jiddiy qaraydi, buni ichimlikning puxta tayyorlanishidan ham ko‘rish mumkin. An’anaga ko‘ra, choy mis, tunuka yoki boshqa metallardan tayyorlangan bir juft choynak yordamida tayyorlanadi. Pastki choynakda suv qaynatiladi va keyin choy barglari bilan birga yuqori choynakga qo’shiladi. Pastki choynak qaynoq suv bilan to’ldirilgan holda saqlanadi, yuqori choynakdagi choy asta-sekin qaynatiladi.

Damlangan choy odatda lola shaklidagi kichik stakanlarda uzatiladi. Yuqori choynakdan to‘q rangli choy avval quyiladi, pastki choynakdan qaynoq suv ichuvchining tab’iga ko‘ra choyni ochartirish uchun qo‘shiladi. Shakar odatda choy stakanlari bilan birga taqdim etiladi, stakanlar shakli va materiali tufayli choyning issiqligini saqlab, rangini ko‘rsatib beradi.