Netanyaxu Erdogʻanni HAMASni qoʻllab-quvvatlagani uchun tanqid qildi

Netanyaxu Erdogʻanni HAMASni qoʻllab-quvvatlagani uchun tanqid qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni Falastinning HAMAS tashkilotini qoʻllab-quvvatlayotgani uchun tanqid qildi.

“Urush qoidalariga amal qilgan Isroil, terror tashkiloti HAMASning qotillari va zoʻravonlarini qoʻllab-quvvatlagan, arman genotsidini inkor etayotgan, oʻz mamlakatida kurdlarni oʻldirgan, muxolifatchi va jurnalistlar gʻoyib boʻlayotgan Erdogʻanning maʼnaviyatini qabul qilmaydi”, deydi u.

Bungacha Erdogʻan Falastin — Isroil mojarosida Falastinning HAMAS harakatini qoʻllab-quvvatlashini toʻxtatmasligini aytgan edi. Uning taʼkidlashicha, Turkiya guruh yetakchilari bilan aloqalarini yashirmaydi va oʻz yetakchilarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi.

Oʻtgan yilning 2-dekabr kuni Erdogʻan Falastinning HAMAS harakatini hech qachon terrorchi guruh sifatida tan olmasligini aytgandi. Turkiya prezidenti, shuningdek, Isroil Gʻazo sektoridagi harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilishi kerakligini taʼkidladi.

Avvalroq, Erdogʻan Netanyaxu tez orada sumkalarini yigʻishtirib, Isroilni tark etishini istisno qilmagan edi.