Turkiyaning eng maftunkor Cittaslow shaharlari

Turkiyaning eng maftunkor Cittaslow shaharlari

Har yili millionlab sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi Turkiyaning sohilbo‘yi go‘zal viloyatlari sokin, osoyishta va tinch dam olish uchun ajoyib imkoniyatlarni taklif etadi. Turkiyaning Cittaslow shaharlarida vaqt uzayadi, an’analarga rioya qilinadi va manzaralari esa jozibali. Erta tong ajoyib boy turk nonushtalari bilan boshlanadi, kechqurun esa Egey dengizining yangi dengiz mahsulotlari, mintaqaviy zaytun moyi taomlari va nafis turk ichimliklari taqdim etiladi. Qayiq sayohatlari, suv ustida uchish, qadimiy joylarni o’rganish … bularning barcha barchasi sizni kutmoqda!

Turkiyaning eng sevimli ichimligi bo’lgan choy yig’im-terimining unutilmas tajribasi

Turkiyaning eng sevimli ichimligi bo’lgan choy yig’im-terimining unutilmas tajribasi

Turkiyaning qayerida bo’lishingizdan qat’iy nazar bir piyola turk choyiga duch kelishingiz muqarrar. Turk madaniyatida choyning o‘rni shu qadar ahamiyatliki, choysiz bir kunni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Nonushtadan kechki ovqatgacha choy turk hayotining ajralmas elementidir. Lekin Turkiya shunchaki choy iste’molchisi emas, shuningdek, mamlakat har yili 1,5 million tonna ishlab chiqaradigan global choy quvvati hisoblanadi. Choy shu qadar muhim va chuqur ildiz otgan madaniy komponent bo‘lib, Turkiya va Ozarbayjonning qo‘shma arizasi bilan turk choyi 2022-yilda YuNESKOning Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

Turkiya — «cheksiz noyob tajribalar» mamlakati

Turkiya — «cheksiz noyob tajribalar» mamlakati

Turkiyada ta’tilga chiqish oddiy sayohat emas, balki rang-barang va boy tajribalarga sho’ng’ishdir. Mamlakat yakkaxon sayohat va tur paketlari uchun O’rta yer dengizidagi eng xilma-xil tajribalarni, shuningdek, bu jozibali mamlakatdagi har bir qadam kutganingizdan ham ortiq yangi sarguzashtni taqdim etadi. Istanbulning jonli madaniy tuzilishidan tortib, Egey va Oʻrta yer dengizining quyosh nurlariga burkangan qirgʻoqlarigacha har bir turk manzili har bir sayyyohning iliq kutib olingani va qadrli ekanini his qildiruvchi “dunyoga mashhur turk mehmondoʻstligi” bilan yo‘g‘rilgan “bebaho sarguzasht”ga boy sayohatni taklif etadi.

Bodrum: Egeyning eng jozibali port shahri

Bodrum: Egeyning eng jozibali port shahri

Bodrum Turkiyaning eng ko’zga ko‘ringan va sayyohlar tomonidan eng ko‘p tanlanadigan dam olish maskanlaridan biridir. Bodrum 50 dan ortiq ko’k bayroqli plyajlari, qo‘l tegmagan ko’rfazlari va ko’ngilochar joylari bilan maftunkor va osoyishta dam olish markazidir. Bodrum plyajlari va ko’rfazlari, ayniqsa yoz oylarida juda gavjum bo’ladi. Bodrum yozgi ta’til uchun afzal ko‘rilishi va tabiiy go’zalliklari bilan bir qatorda madaniy boyliklarga boy bo’lib, u yerda albatta ko’rish kerak bo’lgan juda ko’p qiziqarli manzillar mavjud.

Antaliya — o’rta yer dengizining yuragi va turkiyadagi eng mashhur kurort

Antaliya — o’rta yer dengizining yuragi va turkiyadagi eng mashhur kurort

Turkiya dunyo bo‘ylab sayyohlarning eng sevimli joyi bo‘lsa, Antaliya Turkiyaning eng ko’p tashrif buyuriladigan kurortidir. Tabiatning go’zalligi katta shaharning ritmi bilan shunday uyg’unlashganki, ko‘ngilochar va o’yin-kulgilarning har turli variantlarini ko‘rish mumkin. Antaliya O’rta yer dengizining yuragi va ko’plab bozorlar, do’konlar, kafelar, restoranlar, diskotekalar joylashgan yirik shahar kurortidir.

Bodrum: Egey dengizining marvaridi

Bodrum: Egey dengizining marvaridi

Turkiyaning janubi-g’arbiy qismida joylashgan Bodrum tarixiy tuzilmasi, shohona plyajlari va rang- barang tungi hayoti bilan har yili millionlab sayyohlarni qabul qiladigan dam olish maskanidir. Egey dengizining marvaridi sifatida tanilgan bu maftunkor shahar ham dam olishni, ham ko‘ngilochar ta’tilni xohlovchilar uchun ayni muddaodir. Quyida Bodrumda dam olishni o’ylayotganlar uchun bu go’zal shaharning bir nechta noyob jihatlari haqida so‘z yuritiladi:

Fethiye – Egey va O‘rta yer dengizining noyob durdonasi!

Fethiye – Egey va O‘rta yer dengizining noyob durdonasi!

Fethiye — Turkiyaning janubi-g’arbiy qismida va Mug’la viloyatida joylashgan maftunkor dam olish maskani. Egey va O’rta yer dengizi chorrahasida joylashgan bu go’zal shahar o’zining tabiiy go’zalliklari, tarixiy boyliklari va turli tadbirlari bilan dam oluvchilar uchun ajralmas bekatlardan biridir. Fethiyening diqqatga sazovor maskanlari haqida top ma’lumotlar.