“Tesla” AQSHdagi bozor qiymati eng yuqori kompaniyalar kuchli oʻnligini bir yildan ortiq vaqt davomida ilk marta tark etdi.
Elektromobillar bozoridagi muammolar sababli, yil boshidan buyon kompaniya aksiyalari 29 foiz qadrsizlandi va tahlilchilarning fikricha, qulashda davom etadi.
Amerika bozoridagi eng qimmat kompaniyalar roʻyxatidan “Tesla”ni “Visa” chiqarib yubordi.