“Hududgaz Poytaxt” GTF Matbuot xizmati xabariga koʻra, taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek, Sergeli, Yangihayot, Bektemir, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga 19 iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
— Mirzo Ulugʻbek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Shoʻrtepa, Sh.Burxon, Sh.Burxon 1-berk, Charagʻon koʻchalari;
— Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Xonobod” MFY;
— Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Yorqin hayot” MFY;
— Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Gulbogʻ” MFY;
— Yunusobod tumani (10:00 dan 20:00 gacha): “Minor”, “U.Shirin” va “Toʻraqoʻrgʻon” MFYlari;
— Shayxontohur tumani (10:00 dan 20:00 gacha): KXAY koʻchasi;
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.