Nodirbek Abdusattorov nufuzli «TePe Sigeman – 2024» xalqaro turnirida chempion boʻldi

Nodirbek Abdusattorov nufuzli «TePe Sigeman – 2024» xalqaro turnirida chempion boʻldi

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada oʻtkazilgan yopiq «TePe Sigeman – 2024» turniri gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Bu sportchimizning 2024-yildagi ikkinchi yirik sovrini hisoblanadi. U avvalroq «Prague Chess Festival»da ham yutuqqa erishgandi.

Musobaqada taklif qilingan kuchli 8 shaxmatchi qatnashdi. Ular orasida Germaniyaning birinchi raqamli shaxmatchisi Vinsent Kaymer, hindistonlik Arjun Erigaysi kabi kuchli oʻnlik vakillari ham ishtirok etdi.

Birinchi turda ukrainalik shaxmatchi Anton Korobovga imkoniyatni boy bergan Abdusattorovning imkoniyatlari past baholayotgan edi. Turnirning soʻnggi turida iroda koʻrsatgan sportchimiz 7 imkoniyatdan 4,5 ball toʻplab, hindistonlik Arjun Erigaysi va FIDE bayrogʻi ostida dona surgan Pyotr Svidler bilan bir xil natija koʻrsatdi.

Gʻolib tay-breykda aniqlandi. Uch shaxmatchi bir-biriga qarshi blis yoʻnalishida dona surdi. Ushbu mini-turnirda Nodirbek raqiblarini mot qilib, chempionga aylandi.