Gʻazoni qayta tiklash 40 milliard dollarga tushadi

Gʻazoni qayta tiklash 40 milliard dollarga tushadi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼkidlashicha, urushdan vayron boʻlgan Gʻazoni qayta tiklash 40 milliard dollarga tushadi va hududdagi vayronagarchiliklar koʻlami Ikkinchi jahon urushidan beri kuzatilmagan. BMT Taraqqiyot Dasturi Isroil—Gʻazo urushi Falastin iqtisodining keskin orqaga ketishiga sabab boʻlganini ham maʼlum qilgan. Tashkilotga koʻra, agar toʻqnashuv tez orada toʻxtamasa, 2024-yilda iqtisodiy ishlab chiqarish urushdan oldingi prognozlarga qaraganda uch barobar qisqarib ketishi mumkin.

Agar nizolar yana 9 oyga choʻzilsa, Falastin boʻylab qashshoqlik 60 foizdan oshadi. Ushbu inqiroz kambagʻallikda yashayotganlar sonini 1,86 millionga oshirishi mumkin. Shuningdek, BMT hisob-kitoblariga koʻra, mojaro insoniyat taraqqiyotini 20-yildan koʻproqqa toʻxtatib qoʻygan.

Shuningdek, AQSH shu kunlarda Gʻazo qirgʻoqlari yaqinida maxsus gumanitar yordam tarqatish maydonini qurmoqda. Jo Bayden amerikalik xodimlarga Gʻazo qirgʻoqlariga bormaslikni tayinlagan. Hamas xalqaro vositachilarning kelishuvga erishish fonidagi yigʻilishlarida qatnashish uchun oʻz delegatsiyasini Misrga yuborgan.