Supermarketlarda bodring arzonlashdi, pomidor esa qimmatlashdi

Supermarketlarda bodring arzonlashdi, pomidor esa qimmatlashdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning aprel oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 6 xil mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi*. Shunday qilib, limonning narxi 18,8 foiz, bodringning narxi 17,6 foiz, tuxumning narxi 17,3 foiz, bananning narxi 13,5 foiz, tovuq go‘shtining (file) narxi 6,8 foiz, sariq piyozning narxi 5,4 foiz pasaygan.

8 nomdagi mahsulotlarning eng past narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: bug‘doy uni, guruch, grechka, makaron, shakar, karam, margarin, kungaboqar yog‘i.

7 nomdagi mahsulotlar narxi oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha pomidor yetakchi bo‘ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq.

*tahlil 6-mart va 4-aprel kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.