“Katta yettilik” Ukrainani qancha kerak boʻlsa, shuncha qoʻllab-quvvatlashga vaʼda berdi

“Katta yettilik” Ukrainani qancha kerak boʻlsa, shuncha qoʻllab-quvvatlashga vaʼda berdi

“Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSH) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Ukrainaning “tinchlik formulasi”ni zaruratga qadar qoʻllab-quvvatlashda davom etadilar. Bu haqda tashkilotning onlayn sammiti yakunlari boʻyicha berilgan bayonotda qayd etilgan.

“Biz Ukrainani, Prezident Vladimir Zelenskiyning tinchlik formulasini yanada ilgari surishda qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz va BMT Nizomi tamoyillariga muvofiq keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni qoʻllab-quvvatlash majburiyatini olamiz”, deyiladi hujjatda.

“Katta yettilik” yetakchilari, shuningdek, Ukraina xalqi kerak boʻlganda, yettilik guruhining yordamiga ishonishi mumkinligini taʼkidladi.

Bundan oldin Shveysariya tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis Ukraina mojarosini hal qilish boʻyicha bir qancha maxfiy rejalar borligini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, jami oʻnga yaqin tinchlik formulalari ishlab chiqilgan, boʻlsada Gʻarbda Zelenskiy formulasi asosiy hisoblanadi.