Gʻarbiy Afrika davlatlari Nigerga nisbatan barcha sanksiyalarni bekor qildi

Gʻarbiy Afrika davlatlari Nigerga nisbatan barcha sanksiyalarni bekor qildi

Gʻarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati Niger mamlakatiga qarshi ilgari kiritilgan barcha sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qaror Abujada (Nigeriya) boʻlib oʻtgan favqulodda hamjamiyat sammitida maʼqullandi.

Gʻarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati 2023-yilning iyul oyi oxirida prezident Muhammad Bazoumni hokimiyatdan chetlatgan Prezident gvardiyasining bir guruh harbiy aʼzolari Nigerda hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng siyosiy, iqtisodiy va savdo sanksiyalarini joriy qilgandi.

Shu yilning 30-yanvar kuni Gʻarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati Niger hukumatidan mamlakat tashkilotni tark etayotgani haqida rasmiy xabar oldi.

Oʻtgan yilning 2-dekabr kuni Burkina-Faso va Niger Sahel beshligi mintaqaviy guruhining barcha organlarini, shu jumladan qoʻshma kuchlarni ham tark etishga qaror qildi.

Oʻtgan yilning 26-iyul kuni Niger prezidenti Muhammad Bazoum va uning rafiqasi oʻz qoʻriqchilari tomonidan hibsga olingan. 26-iyuldan 27-iyulga oʻtar kechasi mamlakat qurolli kuchlari mamlakatdagi barcha davlat muassasalari ishini toʻxtatdi, komendantlik soati joriy qildi va chegaralarni yopdi. Shu bilan isyonchilar almashtirilgan hukumatning jismoniy yaxlitligini kafolatlagan edilar.