AQSHda sovuq ko`chayib 90 ga yaqin odam halok bo‘ldi

AQSHda sovuq ko`chayib 90 ga yaqin odam halok bo‘ldi

AQSHda Arktika sovuqlari tufayli kamida 89 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBC News telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tennessi shtatida 25 kishi, Oregon shtatida kamida 16 kishining o‘limi tasdiqlangan.

Shuningdek, Illinoys, Pensilvaniya, Missisipi, Vashington, Kentukki, Viskonsin, Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida ham o‘lim holatlari qayd etilgan.

12-yanvardan beri Qo‘shma Shtatlarning ko‘p qismida anomal sovuq harorat kuzatilib, qor yog‘moqda. Associated Press agentligining 17-yanvar kuni xabar berishicha, AQSHning markaziy qismlarida havo harorati -34,4 darajagacha tushib ketgan.