Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi olib kelindi

Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi olib kelindi

O`zbekiston Prezidentining S gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash bo`yicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024 yilda ham davom etadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

O`zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko`ra, Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo`lgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi «Daklatasvir» va «Sofosbuvir», V gepatitiga qarshi «Entekavir» dori vositalarining beg`araz yordam sifatida berilishi bo`yicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo`lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.