British council haqida

British Council’ning ingliz tili dasturlarini yaratish boʻyicha direktori Michael Connolly Oʻzbekistonga kelmoqda

Markaziy Osiyo universitetlar forumi doirasida «Yangi Oʻzbekiston» universiteti tomonidan British Council’ning ingliz tili darsliklarini yaratish boʻyicha direktori Michael Connollyning maʼruzasi tashkil etiladi.

Michael Connolly 50 dan ortiq davlat bilan yoshlarning ingliz tilini tez va mukammal oʻrgatish va ularning bilimini baholash boʻyicha hamkorlik qiladi. Bundan tashqari uning jamoasi tomonidan oʻqituvchilar malakasini oshirishga doir turli loyihalar ham yoʻlga qoʻyilgan.

Maʼruza Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda 15-oktabr, soat 14:30 da «Ingliz tilini o’qitishning taʻlim sohasida tutgan oʻrni va istiqbollari» mavzusida oʻtkaziladi.

📝 Roʻyxatdan oʻtish
📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy