Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi.

Unga koʻra:

➖Informatika va axborot texnologiyalari — 29-oktyabr (1 kun);

➖Matematika, fizika — 30-31-oktyabr (2 kun);

➖Boshlangʻich taʼlim — 1-2, 4-noyabr (3 kun);

➖Oʻzbek tili (davlat tili), ona tili va adabiyot — 5-6-noyabr (2 kun);

➖ Kimyo, biologiya, geografiya, iqtisodiy bilim asoslari, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik — 7-8-noyabr (2 kun);

➖ Tarix, tarbiya, davlat va huquq asoslari — 9-noyabr (1 kun);

➖Fransuz tili, ingliz tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili, yapon tili — 11-12-noyabr (2 kun);

➖Rus tili (milliy maktablarda), rus tili va adabiyoti (rus), qirgʻiz tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, musiqa madaniyati — 13-noyabr kuni (1 kun);

➖ Jismoniy tarbiya, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi — qiz bolalar uchun), texnologiya (texnologiya va dizayn yoʻnalishi — oʻgʻil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr (1 kun);

➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, psixologi, tarbiyachi-metodist, oʻqituvchi-defektolog, oʻqituvchi-logoped, musiqa xodimi (musiqa rahbari), psixolog, qoraqalpoq tili (davlat tili), qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr (1 kun);

— Boshqa fanlar 16-noyabr kuni (1 kun);

Batafsil:👉 https://talimxabarlari.uz/11583/

📍Attestatsiya test sinovlari o’tkaziladigan manzillar