Rio-Grande-du-Sulda (Braziliya) suv toshqinlari qurbonlari soni 78 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qayd etilishicha, qurbonlar soni sezilarli darajada oshishi mumkin, chunki 105 nafar fuqaro bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan. 115 mingdan ortiq odam oʻz uyini tashlab ketishga majbur boʻldi.
Rio-Grande-du-Sulda kuchli yomgʻir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari yuzlab munitsipalitetlarga zarar yetkazdi. Bir qancha shaharlarda yoʻllar va koʻpriklar vayron boʻlgan, yomgʻirlar natijasida yer koʻchkilari sodir boʻlgan va kichik GESdagi toʻgʻon qisman qulagan.
Yakshanba kuni 400 mingdan ortiq odam elektrsiz qolgan, shtat aholisining deyarli uchdan bir qismi suvsiz qolgan.