France Press axborot agentligining yozishicha, Rossiya xakerlar yordamida shimoliy Yevropada GPS (Global Positioning System) signallarini buzayotganlikda gumonlanmoqda. Bu parvozlarning kechikishi, havodagi tirbandlik va aviakompaniyalar orasida haos holatini yuzaga keltirgan.
Ayblovlar Finlyandiyaning Finnair kompaniyasi samolyoti GPS signallari bilan bogʻliq muammolar sababli Estoniyaning Tartu aeroportiga favqulodda qoʻnganidan soʻng paydo boʻldi. Shimoliy Yevropaning koʻplab davlatlari aviakompaniyalari oʻz hukumatlaridan vaziyatni chuqurroq oʻrganishni talab qilmoqda. 2024-yil 7-martda NATOga qabul qilingan Shvetsiya tashkilotdan keskin choralar qoʻllashni soʻrayapti.
Soʻnggi bir yil ichida shimol boʻylab parvoz amalga oshirgan 46 mingga yaqin uchoq Boltiq dengizi uzra GPS bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan. Mutaxassislar mazkur voqealarni Moskvaning Ukraina bilan urushida Kiyevga yordam berganlarga javob zarbasi sifatida baholashgan.
Rossiyaning maxfiy qurollaridan biri Tobol aynan GPS tizimlarini ishdan chiqarish va chalgʻitish vazifalarini bajaradi. Hozircha ushbu ayblovlarga Moskva javob bermagan, ammo vaziyat dalillansa, Shimoliy Yevropada keskinlik yanada ortishi mumkin.