Xitoy AQSHning Tayvanga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasiga keskin qarshi chiqdi

Xitoy AQSHning Tayvanga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasiga keskin qarshi chiqdi

AQSH Senati Vashingtonning ittifoqchilari, jumladan Ukraina, Isroil va Tayvanga tashqi yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ovoz berish yakunlariga koʻra qabul qildi.

Oʻz navbatida, Xitoy Tayvanni oʻz ichiga olgan AQSHning tashqi yordam toʻgʻrisidagi qonun loyihasining mazmuniga keskin qarshi chiqdi.

Xitoy Davlat kengashining Tayvan ishlari boʻyicha boshqarmasi matbuot kotibi Chju Fenlyanning aytishicha, u «yagona Xitoy» tamoyilini buzadi.

«AQSH Kongressining tegishli qonun loyihasining Tayvanni oʻz ichiga olgan bandlari «yagona Xitoy» tamoyili va uchta Xitoy — AQSH qoʻshma kommunikelari qoidalarini jiddiy ravishda buzadi, Tayvanning mustaqillik tarafdori boʻlmish kuchlarga notoʻgʻri xabar yuboradi va biz bunga qatʼiyan qarshimiz», — dedi Chju Fenlyan.

Uning taʼkidlashicha, Xitoy Amerika Qoʻshma Shtatlarini «Tayvan mustaqilligini qoʻllab-quvvatlamaslik va Tayvanni har qanday yoʻl bilan qurollantirishni toʻxtatish haqidagi vaʼdasini bajarish uchun real chora koʻrishga chaqirmoqda.