Rossiyaning Ivanovo viloyatida Oʻzbekiston Savdo uyi ochildi

Rossiyaning Ivanovo viloyatida Oʻzbekiston Savdo uyi ochildi

Rossiyaning Ivanovo viloyatida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Savdo uyi ochildi.

Tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston elchisi Botirjon Asadov, Ivanovo viloyati hukumati vakillari, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, shuningdek, mazkur viloyat ishbilarmon doira vakillari qatnashdi.

Savdo uyi Oʻzbekiston va Rossiya hududlari oʻrtasida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etildi. Unda “Made in Uzbekistan“ yorligʻi ostidagi Oʻzbekiston sanoatining keng assortimentidagi yuqori sifatli hamda raqobatbardosh mahsulotlari taqdim etiladi va sotiladi.

Oʻzbekiston elchisi Baxtiyor Asadov oʻz maʼruzasida ushbu loyihani amalga oshirishni ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi tomonlarning mushtarak maqsadi – barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoit yaratish, ikki davlat eksport-import bozorini diversifikatsiya qilish, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya tadbirkorlari hamda ishlab chiqaruvchilari uchun biznes imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat ekanini taʼkidladi.

Ivanovo viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbari Leonid Ivanov oʻz chiqishida Rossiya bozori Oʻzbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari, toʻqimachilik, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlarini import qilishdan doimo manfaatdor ekanini bildirdi. Shuningdek, Ivanovo viloyatida mamlakatimiz Savdo uyining ochilishi Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojida yangi bosqich boʻlishi qayd etildi.