AQSH Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi

AQSH Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi

AQSH Senati Vashingtonning ittifoqchilari, jumladan, Ukraina, Isroil va Tayvanga tashqi yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun ovoz berdi.

Yakuniy ovoz berish natijalariga koʻra, Senatning jami 79 aʼzosi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatlagan, 18 nafari esa tashabbusga qarshi chiqqan.

Shunday qilib, Amerika Kongressining ikkala palatasi qonun loyihasini maʼqulladi. Endi u imzolash uchun AQSH prezidenti Jo Baydenga yuboriladi.

Ushbu qonun loyihasiga koʻra, Ukrainaga 60,84 milliard, Isroilga 26,4 milliard, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi ittifoqchilarga 8,12 milliard dollar ajratiladi.