Ishchi guruh a’zolarining navbatdagi manzili Namangan viloyatidagi  Pop, Chust, hamda  To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablar bo‘lishdi

Ishchi guruh a’zolarining navbatdagi manzili Namangan viloyatidagi  Pop, Chust, hamda  To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi maktablar bo‘lishdi

Namangan viloyatida 710 ta umumta’lim maktablar faoliyat yuritadi. O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik S.D.Mamayusupov  Pop tumanida joylashgan 69-maktabga bordi. Shuningdek,  davomat o‘rganilganida umumiy ko‘rsatgich 99% ekanligi aniqlandi.
Maktabga o‘rnatilgan, “tashvish” tugmasi bosilganida 7 daqiqada Qo‘riqlash bo‘limi “tezkor harakatlaniuvchi guruh” yetib borishi, maktabda qo‘l jangi hamda sportning boshqa turlarini ko‘paytirish  haqida tavsiyalar berildi.

Viloyatning  Pop tumanida joylashgan 67-maktab o‘rganilganida “Vatanparvarlik burchagi” tashkil etib, ushbu maktabni bitirib ketgan, shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotganlar rasmlarini qo‘yish, maktab qorovullariga PR-73 va metalodedektordan foydalanishni tushuntirish, shuningdek, inspektor psixologlar tomonidan “bozor bolasi” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Chust tumanida joylashgan 9-maktabda bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazilib, ularga “Temurbeklar maktabi” hamda Oliy harbiy bilim yurtlariga o‘qishga kirish, muntazam ravishda sport bilan shug‘illanib borish to‘g‘risida ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan 1-maktabda “maktab-ota-ona-mahalla” zanjirini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ish tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi.