Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov Namangan viloyatida bo‘lib, maktab – ota — ona — mahalla hamkorligida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Unda, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktablarda o‘quvchi va pedagoglarni xavfsizligini ta’minlash borasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdagi ishlar hamda yangi qorovullik xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek sport federatsiyalarni jalb qilgan holda o‘quvchilarni sport to‘garaklarida ishtirokini ta’minlash orqali ular o‘rtasida huquqbuzarki va jinoyatchilikni oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish borasida tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, Prezidentimizning 5-fevral kuni o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishidagi topshiriqlari va tegishli Qarorlar ijrosini to‘laqonli ta’minlash uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar borasida seminar-trening o‘tkazdi.
Shuningdek, Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasidagi 157 nafar inspektor-psixologlar Milliy gvardiya saflariga qabul qilinganliklari bo‘yicha “Milliy gvardiya qasamyodi”ni qabul qilishdi. 9 nafar inspektor-psixologlarga navbatdagi maxsus unvonlar berildi.
Shu kabi manzilli ishlar Andijon viloyatida ham davom ettirilmoqda. Xususan ishchi guruh tomonidan Andijon shahridagi 21. 49 hamda 14-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy qilingan yangi tizim doirasidagi hamkorlikdagi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Ushbu maktab ma’muriyati mahalla yettiligi hamda psixolog inspektorlari bilan suhbat uchrashuv o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning xavfsizligi, dars mashg‘ulotlariga qatnashish davomati, muntazam ravishda darslarni qoldirayotgan o‘quvchilar hamda tarbiyasi og‘ir o‘quvchilarning ota onalari va mahalla faollari bilan birgalikda ushbu masalalarga yechim topish borasida vazifalar belgilab olindi.