Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida davlat tashrifi bilan Tojikistonga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.Ayni paytda davlat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazmoqda.