Fatvo markazi 2024-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi

Fatvo markazi 2024-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdorini eʼlon qildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2024 / hijriy 1445-yilgi Ramazon oyi uchun zakot hisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori boʻyicha qarorlari qabul qilindi, unga koʻra:

ZAKOT

Ramazon oyi uchun tillo qiymatidan zakot hisobi 40.000.000 (qirq million) soʻm etib belgilandi.

Demak, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari 40 000 000 (qirq million) soʻm va undan ortiq pul mablagʻi yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli boʻlsa, jami mablagʻining qirqdan biri (2,5 foizi)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

FITR

Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:

bugʻdoydan – 14 000 (oʻn toʻrt ming) soʻm;

arpadan – 20 000 (yigirma ming) soʻm;

mayizdan – 110 000 (bir yuz oʻn ming) soʻm;

xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) soʻm deb belgilandi.

Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini berishi mumkin boʻladi.

FIDYA

Fidya miqdori fitr sadaqasining miqdori bilan bir xil boʻladi. Har kim oʻz imkoniyatiga qarab, ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fidya miqdorini ajratishi kifoya qiladi.