Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda 2022/2023 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishini 40 215 nafar xotin-qiz talaba bitirgan.
Ular soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
Taʼlim – 20 355 nafar;
Sanʼat va gumanitar fanlar – 6 094 nafar;
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 3 557 nafar;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 2 755 nafar;
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 2 105 nafar;
Xizmatlar – 1 277 nafar;
Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 1 192 nafar;
Biznes, boshqaruv va huquq – 1 156 nafar;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – 868 nafar;
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 856 nafar.