2105 nafar xotin-qiz sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot yoʻnalishida bakalavr diplomini olgan

2105 nafar xotin-qiz sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot yoʻnalishida bakalavr diplomini olgan

Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda 2022/2023 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishini 40 215 nafar xotin-qiz talaba bitirgan.

Ular soni sohalar boʻyicha quyidagicha:

Taʼlim – 20 355 nafar;

Sanʼat va gumanitar fanlar – 6 094 nafar;

Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 3 557 nafar;

Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 2 755 nafar;

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 2 105 nafar;

Xizmatlar – 1 277 nafar;

Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 1 192 nafar;

Biznes, boshqaruv va huquq – 1 156 nafar;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – 868 nafar;

Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 856 nafar.