Vyetnamning Danang shahrida para taekvondo boʻyicha Osiyo ochiq chempionati boʻlib oʻtdi.
Ushbu musobaqada 7 nafar sportchimiz gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi:
Jumladan, Guljanoy Naimova (+65 kg) oʻz vazn toifasida oltin, Kamola Joʻrayeva (-57 kg) kumush, Ziyoda Isoqova (-47 kg), Zuxriddin Tohirov (-63 kg), Lochin Xoliqov (-70 kg), Qudrat Muhammadiyev (-80 kg) va Asad Toshtemirov (+80 kg) bronza medallariga sazovor boʻldi.
Dunyoning 27 davlatidan para taekvondochilar ishtirok etgan ushbu musobaqani terma jamoamiz umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinda yakunladi.