Ayni kunlarda Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston boks federatsiyasining maʼlum qilishicha, bugun, 17-may kuni musobaqaning erkaklar oʻrtasidagi yarim final janglari boʻlib oʻtgan.
Quvonarlisi, final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarilgan 11 nafar oʻzbekistonlik bokschining barchasi gʻalaba qozonib, hal qiluvchi bosqichga yoʻl olgan.
- -54 kg: Hasanboy Doʻstmatov — Denis Soloskix (Belarus);
- -54 kg: Shahzod Muzaffarov — Hojiakbar Mamayusupov (Rossiya);
- -57 kg: Abdumalik Halokov — Seul Park (Janubiy Koreya);
- -60 kg: Dilshod Abdumurodov — Vladislav Smalovskiy (Belarus);
- -67 kg: Ruslan Abdullayev — Ilgar Salahov (Ozarbayjon);
- -71 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — German Manoungu (Kongo);
- -80 kg: Toʻrabek Habibullayev — Timofey Mikshenko (Rossiya);
- -86 kg: Jasurbek Yoʻldoshev — Andrey Masalov (Belarus);
- -92 kg: Madiyar Saidrahimov — Denis Matsulev (Belarus);
- +92 kg: Lazizbek Mullojonov — Nikita Nagorniy (Belarus);
- +92 kg: Bahodir Jalolov — Kesten Okenebulor (Nigeriya).
Chempionlik janglari esa 18-may, shanba kuni boʻlib oʻtadi.