Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar T.B. va S.S. noqonuniy daromad orttirish maqsadida hech qanday hujjatsiz jami 3 xil turdagi 2 200 quti “Esse change”, “Oris” va “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro Q.D.ga 36,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 5 190 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.