Yangihayot tumanida daraxtni ruxsatsiz ko‘chirgan fuqaro 1 million 700 ming so‘m jarima to‘ladi. Bu haqida Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqarmaga Toshkent shahar, Yangihayot tumani Yangi choshtepada daraxtni ruhsatsiz ko‘chirilgan haqida xabar kelib tushgan.
O‘rganishlar natijasida, holat Yangi Сhoshtepaning “Uzar” ko‘chasi 61-uy oldida sodir bo‘lgan.
Ushbu fuqaroga MJtKning 79-moddasi birinchi bandiga asosida 1 million 700 ming so‘m jarima belgilandi.