O’rta yer dengizining iqlimi, tabiiy va tarixiy diqqatga sazovor joylari Alaniyani mashhur sayyohlik maskaniga aylantirdi. Alaniya oilaviy dam olishni istaganlar uchun betakror va unutilmas tajribalar taqdim etishiga shubha yo‘q! Chunki keng plyajlari, bolalar uchun turfa xil o‘yinlar va boy madaniy merosi bilan u barcha yoshdagi oila a’zolari uchun ko‘ngilochar va orombaxsh ta’tilni va’da qiladi.
Antaliya rekordni yangiladi: 6 oyda 4 million sayyoh!
Butun dunyodan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi va hashamatli kurortlari bilan barchani maftun etgan Turkiyaning Antaliya viloyatida 2024-yilda aql bovar qilmaydigan darajada o‘sish kuzatilmoqda. Yilning dastlabki besh oyida Antaliya rekord darajadagi 3,96 million xorijiy sayyohni qabul qildi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 16,3 foizga ko’pdir.
O‘zbekiston va Turkiyadagi turizm bo‘yicha ekspertlar, menejerlar va turoperatorlar Turkiyaning – Antaliya, Bodrum va Dalaman kurortlarida dam olish narxlari 2019-yil darajasiga qaytganini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish darajasi sezilarli darajada yaxshilandi: yangi mehmonxonalar ochildi, xizmat ko‘rsatish sifati yanada yuksaldi.
Turkiyaning afsonaviy «moviy sayohat» mazillari
Yozgi ta’tilda dengiz bo‘ylab yashirin ko‘rfazlarni kashf qilish yoxud quyosh chiqayotganda tetiklantiruvchi moviy suvlarga sho’ng’ish, qadimiy xarobalar tomon sayohat qilish va kemada dengizning mazali lazzatlaridan bahramand bo‘lishga nima yetsin. Bularning barchasi va hatto bundan ziyodasi Turkiyaning Egey yoki O’rta yer dengizi sohillarida o’ziga xos tajribaga boy bo’lgan «moviy sayohat»da kutmoqda.
Marmaris: oilaviy ta’til uchun mukammal manzil
Turkiyaning janubi-g’arbiy qismida joylashgan Marmaris har qanday yoshdagi dam oluvchilar uchun jozibali joyni taklif etadi. Marmaris o’zining shohona plyajlari, boy tarixiy merosi va keng ko’ngilochar imkoniyatlari bilan, ayniqsa oilalar uchun qulay imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Turkiyaning Isparta gul bogʻi haqida nimalar ma’lum?
Turkiyaning “gul bog‘i” sifatida tanilgan Isparta so‘nggi yillarda mashhur “ekoturizm maskani”ga aylandi va rang-barang atirgul bog‘lari hamda binafsharang lavanda dalalari bilan minglab tashrif buyuruvchilarni o‘ziga rom etmoqda. Xuddi viloyatning turli sport faoliyatlari, lazzatli taomlari va muhtasham bog’lari kabi shirin gul ifori va hayratlanarli tabiat mo‘jizalari Ispartani albatta tashrif buyurilishi kerak bo‘lgan hududga aylantirdi. Bundan tashqari, «2023-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 50 ta joy» ro‘yxatiga kirgan Turkiyaning mashhur “Ko’llar hududi”ning bir qismi ham Isparta chegaralari ichida joylashgan.
O’rta yer dengizining eng xushmanzara plyajlari
Turkiya yozgi ta’tilni o‘tkazish uchun eng mukammal maskandir. Ayniqsa, O’rta yer dengizi mintaqasining ajoyib plyajlari har yili Turkiyadan va dunyodan millionlab sayyohni qabul qiladi. O’rta yer dengizi turkuaz va ko’k bayrog’li dengizi hamda ko‘rkam tabiati bilan barchani o‘ziga maftun etadi.
Dalaman – O’rta yer dengizining noyob gavhari
Dalaman – Turkiyaning janubi-g’arbiy qismida Mug’la viloyatida joylashgan bo’lib, tabiiy go’zalliklari, tarixiy boyliklari va rivojlangan turizm infratuzilmasi bilan boshqa tumanlardan ajralib turadi. Egey va O’rta yer dengizi chorrahasida joylashgan Dalaman har yili mahalliy va xorijiy sayyohlarning diqqat markazidadir. Quyida Dalamanning turizm salohiyati va u taqdim etadigan noyob tajribalar haqida so‘z yuritiladi.
Onado’lining sirli xazinalari
Turkiyaning madaniy jozibadorligining muhim qismini tarix davomida Onado’li yarim orolida hukmronlik qilgan ko’plab sivilizatsiyalar izlarida ko‘rish mumkin. Xettlar ushbu o‘ziga xos madaniy mozaikaning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, Onado‘lining ilk kuchli va nufuzli imperiyasi edi. Eng qadimgi tinchlik shartnomasini va ilk sevgi she’rini o’z ichiga olgan merosga ega Xettlar jahon tarixining muhim ustunlaridan biri hisoblanadi. Ulkan Xett imperiyasi hududlari hozirgi Onado‘li bo’ylab keng yoyilgan va Xett xarobalari Turkiyaning Markaziy Onado‘li mintaqasidagi Chorum viloyati chegaralarida joylashgan. Xett yo’li Turkiyada kam o’rganilgan yurish yo’li bo‘lsa-da, Xett tsivilizatsiyasining tarixiy manzilgohlarini kashf qilish va uning boy madaniy merosi bilan tanishish imkoniyatini beradi. Bu qudratli imperiya oʻzining 450 yillik hukmronligi davomida insoniyat tarixi va madaniyatiga behisob hissa qoʻshdi.
Istanbulda mashhur tenor Andrea Bochellining 30 yillik yubiley konserti bo‘lib o‘tdi
Turkiyaning madaniyat va san’at poytaxti Istanbulda taniqli tenor Andrea Bochellining 30 yillik yubiley konserti bo‘lib o‘tdi. Italiyalik superyulduz musiqa olamidagi uchinchi 10 yilligini butun dunyo bo’ylab jonli chiqishlari bilan nishonlashda davom etar ekan, uning Istanbul chiptalari bir necha oy oldin o‘z egalarini topgandi.
Bodrum – orzularning binafsharang gullar makoni
Bodrum Mug’laning eng ko‘zga ko‘ringan viloyati bo’lish bilan bir qatorda Turkiyaning eng afsonaviy dam olish maskanlaridan biridir. Bodrumda ko‘m-ko‘k va tiniq dengizlari bilan mashhur ko’rfazlar joylashgan bo‘lib, jami 11 hududda 65 ta ko’k bayroqli xususiy yoki jamoat plyajlari mavjud.