Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalar tobora mustahkamlanib borayotgani, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin oʻrtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Soʻnggi yillarda hududlararo hamkorlik ham jadal rivojlanib bormoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida yurtimizga Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni, Shensi, Shandun, Szyansu, Szyansi, Anxoy va boshqa provinsiyalar rahbarlari tashrif buyurdi.
Muloqot davomida mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, shu bilan birga, investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi.