Xitoyning “Beydaxu” tog‘ chang‘isi markazida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining tog‘ chang‘isi bo‘limi sportchilari 1 ta oltin va 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shiddatli o‘tgan bahslarda mahoratli sportchilarimiz Medet Nazarov kattalar o‘rtasidagi slalom gigant dasturi, Sabina Rejepova slalom gigant dasturida o‘z mahoratini namoyish etdi.
Xitoy sport maydonida zafar quchgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi bugun Toshkentga qaytib keladi.