NATOning baʼzi davlatlari allaqachon Ukrainaga qoʻshin yuborgan.
Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning aytishicha, baʼzi NATO davlatlari allaqachon Ukrainaga oʻz harbiylarini yuborgan. Bu haqda u oʻz davlatining Shimoliy Atlantika alyansiga kirganining 25-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan konferensiya vaqtida maʼlum qildi.
“Boshqa siyosatchilardan farqli oʻlaroq, men bu mamlakatlarni sanab oʻtmayman”, — deya qoʻshimcha qildi Sikorskiy.
Avvalroq, diplomat Gʻarb davlatlaridan harbiy xizmatchilarni Ukraina hududiga joʻnatishni amalga oshmaydi, deb hisoblash mumkin emasligini taʼkidlagan edi. Shuningdek, u Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainada NATO qoʻshinlari boʻlishi haqidagi soʻzlari Rossiyaga bosim oʻtkazish uchun foydali ekanini taʼkidladi.