Finlyandiya oʻz hududida yadro qurolini joylashtirish niyatida emas. Bu fikrlarni mamlakat bosh vazir Petteri Orpo Polshaning “Rzeczpospolita” gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Bu shart emas, chunki NATOning oʻzi yadroviy toʻsiqni taʼminlaydi”, dedi Orpo. Uning taʼkidlashicha, boshqa mamlakatlarda allaqachon joylashtirilgan yadro qurollari NATO xavfsizligini taʼminlash uchun yetarli.
“Yadro qurollari alyansning bir qancha mamlakatlarida joylashtirilgan va bu yetarli. Biroq biz NATOning yangi davlati sifatida oʻz vazifalarimizga puxta tayyorgarlik koʻrmoqdamiz, oddiy qurollar bilan toʻsqinlik qilishda ishtirok etamiz”, deydi Finlyandiya bosh vaziri.
Avvalroq, Polsha rasmiylari Yadroviy almashish dasturi doirasida Amerika yadro qurolini mamlakatga joylashtirish istagini bildirgan edi.
Finlyandiya va Shvetsiya 2022-yil may oyida Ukrainada roʻy bergan voqealar fonida NATOga qoʻshilish uchun ariza topshirgan. Finlyandiya 2023-yil 4-aprelda alyansning 31-aʼzosiga aylandi. Shvetsiyaning arizasi hali Vengriya tomonidan maʼqullanmagan.