Buyuk Britaniya maktablarida oʻquvchilarning telefondan foydalanishi taqiqlanmoqda

Buyuk Britaniya maktablarida oʻquvchilarning telefondan foydalanishi taqiqlanmoqda

Buyuk Britaniyadagi maktablarda tartib-intizomni yaxshilash maqsadida mobil telefonlardan foydalanish toʻliq taqiqlanmoqda. Bu haqda “The Times” nashri xabar bermoqda.

Sinflardagi tartibsizliklarni minimallashtirish va xatti-harakatlarni yaxshilash maqsadida oʻqituvchilarga berilgan koʻrsatma asosida Angliyadagi maktablarda mobil telefonlar taqiqlanadi.

Taʼkidlanishicha, taqiqni buzgan oʻquvchilar darsdan keyin qoldirishi, shuningdek, maktab direktori zarur, deb bilgan vaqtgacha telefonlari olib qoʻyilishi mumkin.

Yangi qoidalar, shuningdek, oʻqituvchilarga oʻquvchilarning ryukzaklarini tintib koʻrish huquqini beradi va musodara qilingan qurilmalarning yoʻqolishi yoki shikastlanishi uchun ota-onalar tomonidan sudga murojaat qilishdan huquqiy himoyani taʼminlaydi.

Maktablar ushbu qoidaga amal qilish uchun toʻrt xil yondashuvni taklif etmoqda. Eng oddiy yondashuv — maktab hududida telefonlardan foydalanishni toʻliq taqiqlash, oʻquvchilar ularni uyda qoldirishi kerak boʻladi. Ikkinchi va uchinchi variantlarga koʻra, telefonlarni xodimlarga topshirish yoki darslar vaqtida maxsus shkaflarda qoldirish lozim. Toʻrtinchi yondashuv telefonlar oʻquvchilarning ixtiyorida qoldirilishi mumkin, faqat ularni ishlatmaslik qatʼiy sharti asosida.