Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joy uchun taklif etilgan ijara narxlarini tahlil qildi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2024-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joy uchun taklif etilgan ijara narxlarini tahlil qildi

2024-yilning yanvar oyida 2023-yilning dekabr oyidagiga nisbatan Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlarning ijara narxlarida o‘rtacha 0,2% tushish hamda to‘liq ta’mirlangan uy-joylarning ijara narxlarida 0,5% o‘sish kuzatildi.

O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari 2023-yilning dekabr oyidagiga nisbatan o‘rtacha 1,2% ga pasayib, 395 AQSH dollarini, 2 xonali xonadonlarning ijara narxlari esa 0,2% ga arzonlab (442 dolarni) tashkil etgan, lekin shunday 3 xonali uylarning ijara narxlari 0,1%ga (516 dollar) hamda 4 xonali uylarning o‘rtacha ijara narxlari 0,4% ga (597 dollar) oshgan.

Ma’lumot uchun: 2023-yilning noyabr oyidan 2024-yilning yanvar oyigacha o‘rtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari mos ravishda 1,5% (401 dollardan 395 dollarga) va 2,2%ga (452 dollardan 442 dollarga) tushib kelmoqda.

Yanvar oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 0.16%ga qimmatlab, 477 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2 xonali uylar uchun 0.2%ga (654 dollar), 3 xonali uylar uchun 1% (791 dollar) hamda 4 xonali uylar uchun 0.6% (915 dollar) ni tashkil etgan.

Ijara narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to‘plandi. Bunda 2023-yilning dekabr oyi uchun 41.4 ming va 2024-yilning yanvar oyi chun 52.3 mingta ma’lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5% lik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshirilgan.