Usmonlilar poytaxti Bursa e’tiqod va madaniy turizmda 2,5 milliondan ortiq ziyoratchini qabul qildi

Usmonlilar poytaxti Bursa e’tiqod va madaniy turizmda 2,5 milliondan ortiq ziyoratchini qabul qildi

Usmonlilar imperiyasining ilk poytaxti Bursadagi Usmonlilar imperiyasining ilk 6 sultonining maqbarasi va viloyat hokimligiga oid muzeylarni o‘tgan yili 2,5 milliondan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh ziyorat qildi.

Bursa

Asrlar davomida dunyoga hukmronlik qilgan Usmonlilar imperiyasining asoschisi Usmon G‘ozi va uning o‘g‘li O‘rxan G‘ozi maqbaralari joylashgan Tophane bog‘i, Murod I dafn etilgan Xudavendigar maqbarasi, Yildirim Boyazid qabri joylashgan Yildirim maqbarasi, Mahmud Chalabiyning Yashil maqbarasi va Sulton Murod II va o‘z davrning ko‘plab mashhur insonlarining maqbaralari joylashgan Muradiye majmuasi yilning har davrida mahalliy va xorijlik ziyoratchilarning e’tiborini tortib kelmoqda.

Bundan tashqari, viloyat hokimligiga tegishli Bursa fondi muzeyi, Bursa madaniyati muzeyi, Merinos to’qimachilik sanoati muzeyi, Arkeopark ochiq havo muzeyi, Zindankapi, Muradiye qo’lyozmalar muzeyi, Merinos energiya muzeyi, Hunkar saroyi muzeyi, Bursa Immigratsiya tarixi muzeyi, Karago‘z muzeyi, Bursa Shahar muzeyi va Bursa Mavlevilar uyi hamda muzey ichki va tashqi turizmda ko‘plab tashrif buyuruvchilarni jalb qilmoqda.

Bursa viloyati hokimligi Madaniyat va san’at boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, sulton majmualari, qabrlar va muzeylarga 2023-yilda 2 million 587 ming 857 kishi tashrif buyurgan bo’lib, ularning 472 ming 134 nafari xorijliklardir. 2014-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ta’lim, Fan va Madaniyat Tashkiloti (YUNESKO) tomonidan Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan Cumalikizik, Tarihiy Charshi va Hanlar hamda ijtimoiy majmualar va sulton qabrlarini 2 million 3 ming 362 kishi ziyorat qildi. Ijtimoiy majmua va maqbaralar orasida eng ko‘p sayyohni jalb qilgan Usmon G’ozi va O’rxon Gozi maqbaralariga 1 million 221 ming 150 kishi tashrif buyurdi.

O’tgan yili 584 ming 495 kishini qabul qilgan muzeylar orasida eng ko’p tashrif buyurilgan tarixiy joy 113 ming 726 kishi bilan Bursa shahar muzeyi bo’ldi.

 

Xorijlik sayyohlarning sevimli joyi Karago’z muzeyi

Bursa viloyati hokimiyati Muzeylar bo’limi mudiri, san’at tarixchisi Gonjagul Merich, AA muxbiriga bergan intervyusida Muzeylar bo’limi mudirligi 6 ta sulton maqbarasi va 12 ta muzeyga mas’ul ekanligini aytdi.

Ayniqsa, Istanbul, Eskishehir va uning atrofidagi boshqa metropoliya shaharlariga yaqinligi tufayli Bursa dam olish kunlari mahalliy sayyohlar bilan gavjum bo‘lishini ta’kidlagan Merich so’zlarini quyidagicha davom ettirdi:

«2023-yilda muzey va maqbaralarimizni 2,5 million kishi ziyorat qildi. Bular mahalliy va xorijiy sayyohlarning eng ko‘p e’tiborini tortgan joylar. Ayniqsa, 2023-yilda ochilgan Bursa Mavlevilar uyi va muzeyi bizning eng katta loyihamiz edi. Biz buni amalga oshirganimizdan faxrlanamiz va xursandmiz. Bursa shahar muzeyi, Zindankapi zamonaviy san’at galereyasi va keyinchalik boshqa tematik muzeylarimiz eng ko’p sayyoh tashrif buyuradigan joyga aylandi. Bular, ayniqsa, maktab guruhlari, chet ellik guruhlar va mahalliy sayyohlar uchun katta qiziqish uyg’otadi. So‘nggi paytlarda chet ellik sayyohlarning eng ko’p tashrif buyuradigani Karago‘z muzeyimizdir».

Bursa Mavlevilar uyi va muzeyi o’tgan yilning oktyabr oyida ochilganini eslatgan Merich, bu binoni 3 oyda taxminan 11 ming kishi ziyorat qilganini aytdi.

Muzeylarning jamiyatlarning xotirasi ekanligiga diqqat qaratgan Merich, «Bursaga, turizmiga va madaniyatiga hissa qo’shadigan ishlarni qilish niyatidamiz. Buni aslida 12 muzeyimiz bilan qilyapmiz. Boshqacha aytganda, madaniy turizmga hissa qo’shmoqdamiz. E’tiqod turizmiga qo‘shgan hissamiz maqbaralardir. 6 ta sulton maqbarasi har doim ko’pchilikning e’tiborini tortadigan va tashrif buyuradigan hududlarimizdir. Ayniqsa, Usmon G’ozi va O’rxon G’ozi maqbaralari eng ko’p ziyoratchilarni qabul qiladigan maqbaralardir. Ularning oldida soqchilik tashkil etilgan. Bu madaniyatimizdagi eng muhim qadriyatlardan biri”, dedi u.

Malohat Artiqova