Yevropa ligasining 1/8 final bosqichining barcha ishtirokchilari maʼlum boʻldi

Yevropa ligasining 1/8 final bosqichining barcha ishtirokchilari maʼlum boʻldi

Yevropa klublari oʻrtasida nufuzi jihatdan ikkinchi oʻrinda turuvchi Yevropa ligasining 1/8 final bosqichining barcha ishtirokchilari maʼlum boʻldi.

Payshanba kuni pley-off bosqichining javob oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Ushbu bellashuvlarda keyin “Sporting” (Portugaliya), “Marsel” (Fransiya), “Roma” (Italiya), “Sparta” (Chexiya), “Qorabogʻ” (Ozarbayjon) ), “Milan” (Italiya), “Benfika” (Portugaliya), “Frayburg” (Germaniya) muvaffaqiyatga erishib, navbatdagi bosqichga yoʻl oldi.

Bungacha guruh bahslarida gʻoliblikka “Vest Xem” (Angliya), “Brayton” (Angliya), “Reynjers” (Shotlandiya), “Atalanta” (Italiya), “Liverpul” (Angliya), “Vilyarreal” (Ispaniya), “Slaviya” (Chexiya), “Bayer” (Germaniya) toʻgʻridan-toʻgʻri turnirning 1/8 finaliga yoʻl olgandi.

Musobaqaning 1/8 final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi bugun, 23-fevral kuni Shveysariyani Nyon shahrida boʻlib oʻtadi. Ushbu bosqich uchrashuvlari 7 va 14-mart kunlari oʻtkaziladi.