Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbolchilarga qancha mukofot puli berilgani maʼlum boʻldi

Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbolchilarga qancha mukofot puli berilgani maʼlum boʻldi

Tribuna.uzʻning maʼlum qilishicha, Qatarda oʻtgan Osiyo kubogi U23 turnirida qitʼa vitse-chempioniga aylanib, oʻz tarixida ilk bor Olimpiadaga yoʻllanma olgan Oʻzbekiston olimpiya jamoasi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Manbaga koʻra, jamoaning har bir aʼzosiga 30 ming AQSH dollaridan berilgan.

Maʼlumot uchun, Parij-2024 Olimpiadasi 26-iyuldan 11-avgust kuniga qadar boʻlib oʻtadi. Oʻzbekistonlik futbolchilar Olimpiadadagi yurishini 24-iyul kuni boshlaydi. Oʻsha kuni Temur Kapadze shogirdlariga S guruhida Ispaniya terma jamoasi raqiblik qiladi. Shuningdek, ular guruh bosqichida Misr va Dominikan Respublikasi olimpiya jamoalariga ham qarshi maydonga tushadi.