Oʻzbekistonlik 8 nafar bokschi WBCning yangilangan reytingidan joy oldi

Oʻzbekistonlik 8 nafar bokschi WBCning yangilangan reytingidan joy oldi

Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning may oyi uchun eʼlon qilgan yangilangan reytingda oʻzbekistonlik 8 nafar bokschining nomi qayd etildi.

Tokio olimpiadasi gʻolibi, ikki karra jahon chempioni Bahodir Jalolov eng ogʻir vazn toifasida 12-oʻrindan joy olgan boʻlsa, Bektemir Meliqoʻziyev (76,2) oʻtgan oydagi koʻrsatkichidan bir pogʻona yuqorilab 13-oʻrinni band etdi.

Shuningdek, WBC reytingida mahoratli bokschilarimzdan Shahram Gʻiyosov (66,6) 11-oʻrin, Hasanboy Doʻsmatov (47,6) 6-oʻrin, Murodjon Ahmadaliyev (55,3) 4-oʻrin, Olimjon Nazarov (50,82) 32-oʻrinda nomlari keltirib oʻtilgan.

Bundan tashqari, katta ringda oʻz isteʼdodini koʻrsatib kelayotgan Jahongir Rasulov va Mirazizbek Mirzaxalilov ham koʻrinish berishgan.