Chusovitina 2024-yilgi Olimpiadaga yo‘llanma olishni istamoqda

Chusovitina 2024-yilgi Olimpiadaga yo‘llanma olishni istamoqda

Gimnastikachi Misrda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining birinchi bosqichida ishtirok etadi. 

O‘zbekistonlik 48 yoshli gimnastikachi Oksana Chusovitina 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish niyatida, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati .

Ma’lum qilinishicha, bugun (13-fevral) O‘zbekiston vakillari badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichida ishtirok etish uchun Misrga jo‘nab ketishdi.

Barcha to‘rt bosqich natijalariga ko‘ra, har bir yo‘nalish bo‘yicha ikkita eng yaxshi gimnastikachiga 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlariga litsenziyalar topshiriladi. Shu tariqa, Chusovitina sport karerasidagi to‘qqizinchi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun kurash olib boradi, deyiladi xabarda.

Qohiraga jo‘nab ketgan gimnastikachilar tarkibi:

  • erkaklar: Rasuljon Abdurahimov, Abdulaziz Mirvaliev, Xumoyun Islomov;
  • ayollar: Oksana Chusovitina, Dildora Aripova, Odinaxon Robizxonova.