Mahmud Murodov Las-Vegasdagi UFC turnirida jarohat oldi

Mahmud Murodov Las-Vegasdagi UFC turnirida jarohat oldi

O‘zbek yigit chap ko‘zini ocholmay qoldi.

O‘zbekistonlik jangchi Mahmud Murodov Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 235 musobaqasida jarohat oldi, deb xabar bermoqda  Match .

Birinchi raund boshida rossiyalik Aliasxab Xizriev Murodovning ko‘ziga barmog‘i bilan zarba berdi. O‘zbek yigit biroz pauzadan so‘ng chap ko‘zini ocholmayotganini aytdi. Jang haqiqiy emas deb topildi. 

“Olamsport” xabariga ko‘ra, Murodov shifoxonaga tez yordam mashinasida borgan . Ko’zni tiklash uchun ikki-uch kun kerak bo’ladi.