Rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov O‘zbekiston uchun kurash olib boradi

Rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov O‘zbekiston uchun kurash olib boradi

U ikki karra Rossiya chempioni. 

Rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov O‘zbekiston terma jamoasi uchun kurash olib boradi, deb xabar beradi RIA Dog‘iston .

Dog‘iston erkin kurash maktabi o‘quvchisi Olimpiya yilida sport fuqaroligini o‘zgartirishga qaror qildi, deyiladi xabarda.

Razambek Jamalov ikki karra Rossiya chempioni, Yevropa va jahon chempionatlari g‘olibi bo‘lgan, shaxsiy jahon chempionatida g‘olib chiqqan. U 74 kilogrammgacha vazn toifasida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.