Rossiyadagi turnirning yarim finalida ringga chiqqan 11 nafar oʻzbekistonlik bokschining barchasi finalga yoʻl oldi

Rossiyadagi turnirning yarim finalida ringga chiqqan 11 nafar oʻzbekistonlik bokschining barchasi finalga yoʻl oldi

Ayni kunlarda Rossiyaning Xabarovsk shahrida “Konstantin Korotkov” xalqaro xotira turniri oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston boks federatsiyasining maʼlum qilishicha, bugun, 17-may kuni musobaqaning erkaklar oʻrtasidagi yarim final janglari boʻlib oʻtgan.

Quvonarlisi, final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarilgan 11 nafar oʻzbekistonlik bokschining barchasi gʻalaba qozonib, hal qiluvchi bosqichga yoʻl olgan.

  • -54 kg: Hasanboy Doʻstmatov — Denis Soloskix (Belarus);
  • -54 kg: Shahzod Muzaffarov — Hojiakbar Mamayusupov (Rossiya);
  • -57 kg: Abdumalik Halokov — Seul Park (Janubiy Koreya);
  • -60 kg: Dilshod Abdumurodov — Vladislav Smalovskiy (Belarus);
  • -67 kg: Ruslan Abdullayev — Ilgar Salahov (Ozarbayjon);
  • -71 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — German Manoungu (Kongo);
  • -80 kg: Toʻrabek Habibullayev — Timofey Mikshenko (Rossiya);
  • -86 kg: Jasurbek Yoʻldoshev — Andrey Masalov (Belarus);
  • -92 kg: Madiyar Saidrahimov — Denis Matsulev (Belarus);
  • +92 kg: Lazizbek Mullojonov — Nikita Nagorniy (Belarus);
  • +92 kg: Bahodir Jalolov — Kesten Okenebulor (Nigeriya).

Chempionlik janglari esa 18-may, shanba kuni boʻlib oʻtadi.