Oʻzbekistonlik Bogdan Guskov UFC reytingining kuchli 12 taligidan joy oldi

Oʻzbekistonlik Bogdan Guskov UFC reytingining kuchli 12 taligidan joy oldi

Oʻzbekiston vakili Bogdan Guskov yengil vazn toifasida UFC reytingining kuchli 12 taligiga kirdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.

Guskov Amerika promousheni reytingida shunday yuqori oʻrinni egallagan birinchi oʻzbekistonlik bokschi boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, UFC Vegas 91 turnirida Bogdan Guskov amerikalik Rayan Spannni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan magʻlub etgandi.

Jangdan soʻng Guskov UFCda chempionlik jangini kutayotganini aytgan.