Erdog‘an Turkiyaning birinchi kosmonavtiga muvaffaqiyat tiladi

Erdog‘an Turkiyaning birinchi kosmonavtiga muvaffaqiyat tiladi

Rejep Tayyip Erdog‘an Xalqaro kosmik stansiyaga uchiriladigan birinchi turk astronavti Alper Gezeravji bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi Turkiya Radio Televiziya portali.

Matbuot xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi chog‘ida Prezident Erdog‘anning: “Siz koinot missiyasini amalga oshiradigan mamlakatimizning birinchi fuqarosi bo‘lasiz. Siz xalqimiz faxri bo‘lasiz. Tayyormisiz?» – degan savoliga Gezeravji tayyor ekanligini aytdi.

Turkiya Prezidenti Erdog‘an, bu koinot sayohatining juda muhim ekanligini aytib, kosmonavtga muvaffaqiyatlar tiladi. Uning aytishicha, bu vazifa ham ilmiy missiya, ham bolalar va yoshlarni ruhlantiradigan qimmatli, yangi boshlanish bo‘ladi.

“Bu missiya davom etadi. Maqsadni oshirishda davom etamiz. Sizga va jamoadoshlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Vazifangizni eson omon bajarishingizni tilayman. Alloh yor bo‘lsin. Yo‘lingiz ochiq bo‘lsin”, – dedi Rejep Tayyip Erdog‘an.