Usmon Baratov qo`lga olindi

Usmon Baratov qo`lga olindi

Rossiyadagi “Vatandosh” mintaqalararo o`zbeklar jamiyati rahbari Usmon Baratov Moskvada qo`lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov departamentiga tayanib Ria novosti xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha,  Baratovga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 282-moddasi (nafrat yoki adovat qo`zg`atish, shuningdek inson qadr-qimmatini kamsitish) 2-qismining «c» bandi bo`yicha ish ochilgan. Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning dekabrida Usmon Baratov ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasi fuqarolarini, jumladan, Ukraina hududidagi urushda qatnashayotganlarni kamsitadigan postlarini e`lon qilgan.

Tergov qo`mitasi xabarida gap aynan qaysi postlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.