“Tolibon” qamoqxonasida 800 nafar ayol saqlanmoqda

“Tolibon” qamoqxonasida 800 nafar ayol saqlanmoqda

“Tolibon” harakatining qamoqxonalarida 19 ming kishi, jumladan, 800 nafar ayol saqlanmoqda. Bu haqda Aamaj News xabar berdi.

“Tolibon” qamoqxonalar departamentining harbiy o‘rinbosari Habibulla Badr tegishli ma’lumotni e’lon qildi. U qamoqxonalarda siyosiy mahbuslar yo‘qligini va bu mahbuslarning barchasi jinoyatlarda ayblanayotganini aytdi. “Tolibon” jinoyat sabablarini keltirmagan bo‘lsa-da, ushbu qamoqxonalarda xorijlik mahbuslar saqlanmoqda.

Badr mazkur muassasasalarda 9000 nafar politsiyachi ayol ishlashini ta’kidladi. BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) “Tolibon” razvedka boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligining hibsxonalarida mahbuslarni qiynoqlarga solish holatlaridan xavotir bildirdi. Ammo “Tolibon” amaldori mazkur ayblovni rad etadi.

UNAMA yetti oy oldin “Tolibon” asirlari sonini 15 ming kishi deb atagandi va mahbuslarga elektr shokerlar qo‘llanganini bildirgandi.