“G‘azo sektorida har soatda 11 kishi halok bo‘lmoqda”

“G‘azo sektorida har soatda 11 kishi halok bo‘lmoqda”

G‘azo sektorida Isroil mudofaa kuchlari operatsiyasi boshlaganidan beri uch oy ichida har soatda 11 kishi halok bo‘lmoqda. Shu kungacha Falastin aholisining 1 foizi allaqachon o‘lgan.

Bu statistik ma’lumotlarni Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur Bosh assambleya yig‘ilishida taqdim etdi.

“O‘tgan 90 kun ichida har soatda 11 nafar falastinlik o‘ldirilgan. Ularning ichida bolalar va ayollar bor. Bugungi kunga qadar G‘azodagi butun Falastin aholisining 1 foizi halok bo‘ldi”, — dedi Falastinning BMTdagi doimiy vakili.

Riyod Mansurga ko‘ra, G‘azo sektorida yashovchi falastinliklarning 87 foizi o‘z uylarini tashlab ketgan.